Ushbu maqolada qovun urug‘i va po‘stlog‘ini kimyoviy tarkibini, mass. spektroskopiya uslubida o‘rganish va ularni xalq tabobatidagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Ushbu maqolada yong‘oq va yeryong‘oq mevasining kimyoviy tarkibi, uning foydali xususiyatlari va ular asosida tayyorlanadigan foydali muolaja vositalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu maqolada anor meva urug‘i tarkibidagi aminokislotalar miqdorini YuSSX (Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi) usulida aniqlandi. Olingan natijalar asosida anor meva urug‘i tarkibidagi almashinadigan va almashinmaydigan aminokislotalar miqdorlari taxlil qilindi va ularni bug‘doy uni kukuni tarkibidagi aminokislotalar bilan solishtirma taxlili berilgan. Anor meva urug‘i tarkibidagi aminokislotalar bug‘doy uniga nisbatan ko‘pligi aniqlandi.
Qovun urug’ining antioksidantligi erkin radikallarni (O2, HO, HO2) va to’yinmagan yog’ kislotalari erkin radikallari (RO, RO2) bilan ta’sir qilish xususiyatiga ega. Uning antioksidant faolligini DFPG nisbatan in vitro sharoitida aniqlanganda qovun urug’ining optik zichligi vaqt o’tishi bilan kamayishi kuzatildi. Kontrol sifatida olingan askorbin kislotasiga nisbatan (251±14.0), qovun urug’i (359±11,0) antioksidant faollikka ega ekanligi aniqlandi.
Bo’g’im yallig’lanishi kasalligi - bir yoki bir nechta bo‘g‘imlar yallig‘lanishidir. Bu kasallikni davolash uchun ishlatilayotgan sintetik dorilarning kimyoviy tarkibi va insonning boshqa organlarga salbiy ta’sirlari o’rganilgan. Dorivor semiz o’t o’simligining ham kimyoviy tarkibi o’rganilib, bo’g’im yallig’lanishi kasalligini davolashda qo’llaniladigan sintetik dorilarning kimyoviy tarkibi bilan taqqoslash metodi orqali qiyoslab chiqilgan. Natijada bo’g’im yallig’lanishi kasalligini davolashda semiz o’t o’simligi dorivor ekanligi isbotlangan. Semiz o’t asosida oziq-ovqat qo’shilmasi tovari ishlab chiqarish bo’yicha xulosalar berilgan.
scite is a Brooklyn-based organization that helps researchers better discover and understand research articles through Smart Citations–citations that display the context of the citation and describe whether the article provides supporting or contrasting evidence. scite is used by students and researchers from around the world and is funded in part by the National Science Foundation and the National Institute on Drug Abuse of the National Institutes of Health.