Xona haroratida ammiakni aniqlash uchun polianilin va metall oksidlari: W, Sn, Ti asosida selektiv sensorlarni ishlab chiqish. Polianalin-metall oksidli gibrid nanokompozitlarning moslashuvchan plyonkalari oksidlovchi vosita sifatida ammoniy persulfat (APS) va HCl ishtirokida anilinning oksidlanish-qaytarilish jarayonidan foydalangan holda emaraldin tuzi shaklida kimyoviy sintez qilindi. Gazni aniqlash natijalari shuni ko’rsatadiki, gibrid moslashuvchan gazga sezgir materiallar: PANI+WO3+TiO2 va PANI+WO3+SnO2 xona haroratida NH3 gaziga nisbatan eng yuqori ekspreslik va sezgirlikni ko’rsatdi.