Mazkur maqolada O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan maktab o‘quvchilarida ingliz tilidagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga oid ko‘nikmalarni shakllantirishga oid muammolar intervyu metodi orqali o‘rganiladi. Bunda Brayl yozuvidagi adabiyotlar etishmovchiligi, o‘zbek va ingliz tilidagi so‘zlarning yozilishi hamda talaffuz qilinishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladigan farqlar, Brayl yozuviga asoslangan ingliz alifbosi va lotin grafikasidagi o‘zbek alifbosi o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlardan kelib chiquvchi chalkashliklar, tifloko‘rgazmaviy materiallarning etishmovchiligi, asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlarini tayyorlash bilan bog‘liq murakkabliklar, ayni toifa o‘quvchilarda ingliz tilini o‘rganishdagi psixologik qiyinchiliklar kabi muammolar tahliliga alohida e’tibor qaratiladi.