Ushbu maqolada parrandachilikda ozuqa muammosini hal etishda noan'anaviy o‘simlik manbalaridan, ya'ni mahalliy amarantning “Marhamat” navi, uning biologik ko’rsatkichlari, tarkibiy qismlaridan foydalanish hamda tarkibiga kiruvchi ayrim biologik faol birikmalar to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu o‘simlikdan qanday holatda oqsilga boy ozuqa-yem tayyorlash to‘g‘risida ham batafsil ma'lumotlar berilgan.