Ushbu maqolada islom moliyasining O`zbekistonda joriy qilinishining huquqiy tomonlari, islom moliyasi uy-joyni moliyalashtirish mahsulotlarining muhimligi, shartnoma turlari muhokama qilingan. Shuningdek, mavjud an’anaviy uyni moliyalashtirish shartnomalarining turlari keltirib o`tilgan. Islom banklari mavjud bo`lmagan sharoitda amaliyotda islom moliyasi talablari asosida ishlayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatining qonuniy asoslari hamda ular qo`llayotgan islom moliyasi uyni moliyalshtirish shartnomalarining ba’zilari tahlil qilingan. Mavzuni o`rganishning muhimligi hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo`yicha taklif va tavsiyalar berilgan.