Kimyoviy terapiyada o’sma hujayralarga qarshi tanlab ta’sir qiladigan moddalar ichida azot saqlagan geterosiklik birikmalar – triazollar muhim sinf birikmalari hisoblanadi. Mazkur sharhli maqolada 2022 yilda saraton hujayralariga qarshi yuqori faollik namoyon qilgan triazol-gibrid birikmalarning biologik faolliklari va bunday faollikga sabab bo’lgan ba’zi farmakofor guruhlar muhokama qilingan.