Ushbu maqolada qovun urug‘i va po‘stlog‘ini kimyoviy tarkibini, mass. spektroskopiya uslubida o‘rganish va ularni xalq tabobatidagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Qovun urug’ining antioksidantligi erkin radikallarni (O2, HO, HO2) va to’yinmagan yog’ kislotalari erkin radikallari (RO, RO2) bilan ta’sir qilish xususiyatiga ega. Uning antioksidant faolligini DFPG nisbatan in vitro sharoitida aniqlanganda qovun urug’ining optik zichligi vaqt o’tishi bilan kamayishi kuzatildi. Kontrol sifatida olingan askorbin kislotasiga nisbatan (251±14.0), qovun urug’i (359±11,0) antioksidant faollikka ega ekanligi aniqlandi.
Qovun po’stining antioksidantligi erkin radikallarni (O2, HO, HO2) va to’yinmagan yog’ kislotalari erkin radikallari (RO, RO2) bilan ta’sir qilish xususiyatiga ega. Uning antioksidant faolligini DFPG nisbatan in vitro sharoitida tekshirilganda qovun po’stining optik zichligi vaqt o’tishi bilan kamayishi aniqlandi. Nazorat sifatida olingan askorbin kislotasiga nisbatan (251±14.0) qovun po’chog’i (398±19,0) antioksidantligi yuqori ekanligi aniqlandi.
Qovunning urug‘i va po‘stlog‘idan xalq tabobatida sil, bronxit, revmatizm, podagra, kamqonlik kasalliklari, yurak, jigar, ateroskleroz kasalliklari davo bo‘lishi ga davo topishda qovun mevalaridan foydalanib kelinganligi o‘rganildi. Qovun urug‘i tarkibida umumiy aminokislota miqdori YuSSX usulida o‘rganilganda 7.2291 mg/g bo‘lib, 20 xil aminokislotadan 18 tasi aniqlandi. Namunada lizin va leysin umuman uchramasligi aniqlandi. Qovun po‘stlog‘i tarkibida umumiy aminokislota miqdori 12.0413 mg/g bo‘lib, barchasi aminokislotalar mavjudligi va uning urug‘iga nisbatan ko‘pligi aniqlandi.
Maqolada qovun urug’ini kimyoviy tarkibidagi vitaminlarni yuqori samarali suyuqlik xromotografiyasi (YuSSX) uslubi orqali tekshirib o’rganildi. Olingan natijalarga ko’ra, qovun urug’ida B4-63mg, C-3,80 mg, B2-1,53mg va boshqa 10 dan ortiq vitaminlar mavjudligi aniqlanib, qovun urug’idan kelgusida xalq tabobatida keng qo’llash to’g’risida yoritilgan.
scite is a Brooklyn-based organization that helps researchers better discover and understand research articles through Smart Citations–citations that display the context of the citation and describe whether the article provides supporting or contrasting evidence. scite is used by students and researchers from around the world and is funded in part by the National Science Foundation and the National Institute on Drug Abuse of the National Institutes of Health.